AsosiyDunyo

BMT Bosh kotibi Putinga maktub yubordi

'BMT Bosh kotibi Putinga maktub yubordi'ning rasmi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan uchrashdi.

BMT matbuot xizmati xabariga ko`ra, BMTning Nyu-Yorkdagi qarorgohida bo`lib o`tgan uchrashuvda suhbatdoshlar Ukrainadagi mojaro, shuningdek, Afg`oniston va Suriyadagi vaziyatni muhokama qilgan.

BMT rahbari Istanbuldagi Qo`shma muvofiqlashtiruvchi markaz oxirgi vaqtlarda duch kelayotgan to`siqlar haqida gapirib, bu masalada xavotir olayotganini ta`kidladi.

Bosh kotib Lavrovga Rossiya prezidenti Vladimir Putinga berilishi kerak bo`lgan maktubni topshirdi. Unda BMT rahbari tomonidan tashabbusni takomillashtirish va kengaytirishga qaratilgan, tomonlarning pozisiyalari va global oziq-ovqat xavfsizligiga xavf-xatarlarni hisobga olgan holda taklif qilingan keyingi harakatlar bayon etilgan. Xuddi shunday xatlar shartnomani imzolagan qolgan ikki davlatga ham yo`llangan.

Bosh kotib, shuningdek, Rossiya Federasiyasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti o`rtasida Rossiya oziq-ovqat va o`g`itlarini jahon bozorlarida ilgari surishda ko`maklashish to`g`risidagi anglashuv memorandumini amalga oshirish bo`yicha Rossiya tomonidan bildirilgan xavotirlarni ham e`tiborga oldi.

U bu borada erishilgan yutuqlar haqida batafsil ma`lumot berdi va BMT hal qilinmagan masalalar ustida ishlashni davom ettirish majburiyatini yana bir bor ta`kidladi.

Guterrish, shuningdek, Lavrovga BMT Kotibiyatining Rossiya rasmiylari uchun AQSh vizasi bilan bog`liq muammolarni bartaraf etish borasidagi sa`y-harakatlari haqida ma`lumot berdi.

    Boshqa yangiliklar