Rossiya O`zbekistonga 50 tadan ortiq metro vagonlarini etkazib beradi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Rossiya va O`zbekiston 50 dan ortiq metro vagonlarini etkazib berish bo`yicha shartnoma imzoladi.
Eslatib o`tamiz, poytaxtdagi “O`zekspomarkaz”da “Innoprom” ko`rgazmasi bo`lib o`tmoqda. Ko`rgazma bu yil nafaqat O`zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasi uchun ulkan sarmoyaviy iqtisodiy va sanoat istiqbollari kun tartibini ochib beradi.
Ko`rgazmada ishtirok etish uchun MDH davlatlari, Fransiya, Italiya, Niderlandiya, Hindiston, Singapur, Xitoy, Yaponiya, Armaniston, Qozog`iston, Turkiya va Turkmanistondan 5 mingdan ortiq delegatlar, shuningdek, 300 dan ortiq xorijiy kompaniyalar, biznes vakillari va hukumat amaldorlari ro`yxatdan o`tgan.
Tadbirning asosiy maqsadlari – sohadagi eng ilg`or texnologiyalar va ishlanmalarni keng targ`ib qilish, O`zbekiston sanoat korxonalari va boshqa mamlakatlar o`rtasida aloqalarni yo`lga qo`yishdan iborat. Investision bitimlar va savdo shartnomalarining mustahkam paketi imzolanishi kutilmoqda.






