AsosiyDunyo

Peskov Putinning qiyofadoshi borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

'Peskov Putinning qiyofadoshi borligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi'ning rasmi

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qiyofadoshlari va bunkerlari haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar berdi.

Peskovning so`zlariga ko`ra, Putinning qiyofadoshlari borligi haqidagi xabarlar “yolg`on”.

“Ehtimol, Putin bunkerda bo`lganida uning o`rniga faoliyat olib boruvchi ko`plab qiyofadoshlari borligi haqida eshitgandirsiz. Yana bir yolg`on. Ko`ryapsizmi, bizda qanday prezident bor, u megafaol, uning yonida ishlaydiganlar zo`rg`a unga ergashamiz”, — dedi Peskov.

Kreml matbuot kotibi Putinning sog`lig`ida muammo yo`qligini ham qayd etdi. 

“Unda bor sog`liqni faqat o`zingizga tilashingiz mumkin. Albatta, u hech qanday bunkerda o`tirmagan. Bu ham yolg`on va siz buni ko`rib turibsiz, hammasi ayon”, — deya qo`shimcha qildi u.

    Boshqa yangiliklar