Prezident maktablari imtihonlarining 2-bosqichidan o`tolmagan o`quvchilar ixtisoslashtirilgan maktablarga imtihonsiz qabul qilinadi. Bu haqda AOKAda o`tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta`lim mussasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo`rabek Jangirov ma`lum qildi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2023/2024 o`quv yili uchun o`quvchilarni qabul qilish quyidagicha bo`ladi:
- aniq fanlar yo`nalishiga qabul 5 – 11-sinflarga,
- tabiiy fanlar yo`nalishiga 7 –11-sinflarga,
- keyingi o`quv yillarida 5 va 7-sinflarga amalga oshiriladi.
Har bir sinfga 24 nafardan o`quvchilar qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari natijalari Agentlik tomonidan ommaviy axborot vositalarida imtihon topshirilgan kundan keyin 20 kun mobaynida e`lon qilinadi.
Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining kirish imtihonlaridan o`tgan o`quvchilar to`liq bepul ta`lim olishadi.
Kirish imtihonlari natijalari qayta ko`rib chiqilmaydi. Kirish imtihonlari natijalari bo`yicha imtihon materiallari talabgorlarga taqdim etilmaydi.






