O`zbekistonlik ayol Yaponiyada deputat bo`ldi. Bu haqda o`zbekistonlik 37 yoshli Orzugul Boboxo`jaeva o`zining Twitter sahifasida ma`lum qilgan.
U 6 771 ta ovoz bilan Tokioning Setegaya tumaniga deputat etib saylangan.
"Bu safar men Setagaya okrugi majlisi saylovida birinchi marta 6771 ovoz bilan saylandim. Barchangizga rahmat. Bugun men g`oliblik guvohnomamni olish uchun Setagaya tuman idorasiga bordim. Men buni qadrlayman", - degan u.
Ushbu saylov kampaniyasida u "Yaponiyani yaxshi ko`rganim uchun jim turolmayman." shiori ostida saylovchilariga murojaat qilgan.






