Jinoiy ish jurnalist E. Jin Keroll arizasiga asosan qo`zg`atilgan. Uning so`zlariga ko`ra, 1995 yil oxiri yoki 1996 yil boshlarida Tramp do`konda uni zo`rlagan. Bu haqda "Zamon.uz" xabar bermoqda.
Keroll o`shanda Manxettendagi savdo markazlaridan birida Tramp bilan uchrashib qolgan va sovg`a tanlash uchun do`konlarni aylangan.
Keroll bu voqea haqida 2019 yilda nashr qilingan memuarlarida yozgan.
Tramp zo`ravonlik u yoqda tursin, Kerollni tanimasligini aytmoqda.






