AsosiyDunyo

Qirg`izistonda qizamiq va qizilcha bilan bog`liq vaziyat og`irligicha qolmoqda

'Qirg`izistonda qizamiq va qizilcha bilan bog`liq vaziyat og`irligicha qolmoqda'ning rasmi

Qirg`izistonda qizamiq va qizilcha bilan kasallanish holatlari qayd etishda davom etmoqda. 2023 yil boshidan buyon 41 ta qizamiq va 6 ta qizilcha kasalligi aniqlangan. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Qizamiq – havo-tomchilari orqali tarqaladigan o`ta yuqumli kasallik. Unga qarshi maxsus dori yo`q. Himoyalanish uchun yagona usul – emlanish.

"Kasallik ko`payishining asosiy sababi - bolalar va kattalar uchun qizamiq va qizilchaga qarshi rejali emlash qamrovining kamayishi, o`sish profilaktik emlashdan bosh tortganlar soni bilan bog`liq", - deya tushuntirdi Sog`liqni saqlash vazirligi.

Qirg`izistonning profilaktik emlash taqvimiga ko`ra, qizamiq va qizilchaga qarshi emlash bir yoshga to`lgan bolalar va olti yoshga to`lgandan keyin qayta emlash o`tkaziladi.

 

    Boshqa yangiliklar