AsosiyJamiyat

Farg`onada o`zining 8 oylik qizalog`ini 10 ming dollarga sotayotgan ona ushlandi (video)

'Farg`onada o`zining 8 oylik qizalog`ini 10 ming dollarga sotayotgan ona ushlandi (video)'ning rasmi

Farg`onada o`zining 8 oylik qizini 10 ming dollarga sotayotgan 22 yoshli ona qo`lga olindi. Bu haqda IIV Matbuot xizmati xabar berdi.

DXX va IIB xodimlari tomonidan Farg`ona viloyati Uchko`prik tumanida arizaga asosan tezkor tadbir o`tkazilgan. Unda mazkur tumanida yashovchi 22 yoshli ayol 2022 yil avgust oyida tug`ilgan qizini 10 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Ma`lum qilinishicha, ayol oilaviy sharoiti yaxshimasligi, puldan qiynalib qolgani uchun bu ishga qo`l urgan.

"Bolaga zoriqqan bir opa bor ekan. Ham savob, ham uyim yo`qligi uchun bolamni unga bermoqchi bo`ldim", - deydi ayol.

Holat yuzasidan JKning 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar