AsosiyJamiyat

Navoiy viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi rahbari 44 yoshida vafot etdi

'Navoiy viloyati Sog`liqni saqlash boshqarmasi rahbari 44 yoshida vafot etdi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash tizimida mas`ul lavozimlarda ishlagan fidoyi shifokor, tashkilotchi rahbar Zafar Rasulov 44 yoshida vafot etdi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar qildi. 

Z. Rasulov 1979 yil 23 oktyabrda Navoiy viloyatida tug`ilgan. 2003 yilda Toshkent davlat tibbiyot institutini tamomlab, mehnat faoliyatini Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga qarashli tibbiy sanitariya qismi terapevti sifatida boshlagan.

2012-2020 yillarda Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasida bosh shifokor o`rinbosari, birlashma boshlig`i, Navoiy viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`ining birinchi o`rinbosari, Sog`liqni saqlash vazirligi boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari kabi mas`ul lavozimlarda ishlagan.  

2020 — 2023 yillarda esa Navoiy viloyat sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i sifatida faoliyat yuritgan. 

    Boshqa yangiliklar