Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi S.Najimov chegara-bojxona postining barcha xodimlari ishdan bo`shatilayotganligi haqida xabar tarqaldi.
Ushbu xabarlar Bojxona qo`mitasining tegishli tarkibiy tuzilmalari tomonidan o`rganib chiqildi, deya munosabat bildirmoqda Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi.
Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 4 aprel kuni S.Najimov postida yuklarni bojxona nazoratidan o`tkazishda kamchiliklarga yo`l qo`yilganligi aniqlanib, mazkur holat bo`yicha Bojxona qo`mitasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ushbu postning barcha xodimlari ishdan bo`shatilayotganligi haqidagi xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.
Mazkur holat bo`yicha tegishli chora ko`rish xizmat tekshiruvi yakunlari bo`yicha ko`rib chiqiladi.






