Toshkent shahridagi xonadonlarning birida erkak spirtli ichimlik ta`sirida o`zini yoqib yubordi. Bu haqda “Millar”da xabar berildi.
Xabarga ko`ra, mazkur erkak rafiqasi bilan juda ko`p janjallashishi, hamisha asabiy holatda yurishi qayd etilgan. Holat sodir bo`lgan tunda ham ayoli bilan janjal sodir bo`lgan. Erkak avvaliga uyga o`t qo`yishini aytgan. Birozdan so`ng spirtli ichimlik ta`sirida mast bo`lib qolgan va o`zining ustidan etil spirtini quyib yoqib yuborgan.
Shifokorning ta`kidlashicha, bemor markazga olib kelinganda og`ir ahvolda bo`lgan. Unda 35 foiz kuyish jarohati aniqlangan. Ko`rsatilgan tibbiy muolajalar natijasida ahvoli biroz yaxshilangan.
“Bemor tez yordam orqali Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Olib kelinganida ahvoli og`ir edi. 35 foiz kuyish jarohatini olgan. Jarohatlari turli xil chuqurlikda. Bemorning boshi, tanasi va ikki qo`l-oyoqlari alangadan kuygan. Olib borilgan tezkor tibbiy yordam natijasida hozirda uning ahvoli biroz yaxshilangan”, deydi reanimatolog.






