AsosiyDunyo

"Xitoy Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin tashkil etilgan respublikalarning suveren maqomini hurmat qiladi"

'"Xitoy Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin tashkil etilgan respublikalarning suveren maqomini hurmat qiladi"'ning rasmi

Xitoy Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan respublikalarning suverenitetini hurmat qiladi. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mao Ning ma`lum qildi.

Uning so`zlariga ko`ra, rasmiy Pekinning Qrim yarim oroli bo`yicha pozisiyasi o`zgarmagan. Xitoy diplomatik missiyasi vakili Parijdagi elchi Lu Shaening mintaqaga egalik qilish haqidagi bayonotiga shunday munosabat bildirdi:

 “SSSR parchalanganidan keyin Xitoy tegishli davlatlar bilan diplomatik aloqalarni o`rnatgan birinchi davlatlardan biri bo`ldi.  Xitoy Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin tashkil etilgan respublikalarning suveren maqomini hurmat qiladi", - dedi  Mao Ning brifingda. 

Avvalroq Fransiyadan Lu Shae persona non grata deb e`lon qilinishi talab qilingani ma`lum bo`lgan edi. 

    Boshqa yangiliklar