AsosiyJamiyat

Toshkentda “Green Art” xalqaro landshaft san`ati ekofestivali bo`lib o`tadi

'Toshkentda “Green Art” xalqaro landshaft san`ati ekofestivali bo`lib o`tadi'ning rasmi

2023 yilning 27-29 aprel kunlari Toshkent shahrid "Green Art” xalqaro landshaft san`ati ekofestivali bo`lib o`tadi.

Tadbirdan ko`zlangan maqsad mamlakatdagi ekologiya va ko`kalamzorlashtirish muammolariga jamoatchilik e`tiborini jalb qilishdan iborat. Festival doirasida xalqaro ilmiy anjuman, yoshlar forumi va ko`rgazma o`tkaziladi.

Tadbir O`zbekiston Tabiat resurslari vazirligi ko`magida Landshaft san`ati uyushmasi tomonidan tashkil etiladi.

Festivaldan ko`zlangan maqsadlar:
 idoraviy tashkilotlar xodimlarining kasbiy, ekologik savodxonligini, malakasini oshirish;
 

  • bog`dorchilik jarayoniga keng jamoatchilikni jalb etish;
  •  ixtisoslashtirilgan oliy o`quv yurtlari talabalari orasida yuqori malakali, g`oyaviy, tashabbuskor mutaxassislarni shakllantirish.Talabalarni barcha jarayonlarga faol jalb etish - loyihalash, ko`kalamzorlashtirish va ko`chatlarni parvarish qilishdan tortib, boshqa mamlakatlarning ixtisoslashtirilgan universitetlari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish;
  •  O`zbekiston va butun Markaziy Osiyo mintaqasini ko`chat materiallari bilan ta`minlash uchun yangi ko`chatzorlar barpo etish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish;
  • yuqori sifatli ekish materialini shakllantirishning zamonaviy usullaridan foydalanish.

Ko`rgazma-savdoda mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilar va pitomniklar o`z mahsulotlari darajasi va sifatini namoyish etish, o`zaro tajriba almashish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Yoshlar forumi doirasida O`zbekiston, shuningdek, Qozog`iston ixtisoslashtirilgan oliy o`quv yurtlari talabalari va yosh mutaxassislari ta`lim dasturida ishtirok etib, o`z loyihalarini yaratadilar. Tanlov natijalariga ko`ra eng yaxshi loyihalar tanlab olinadi va amalga oshiriladi.

Festival doirasida Xalqaro ilmiy konferensiya bo`lib o`tadi.

Festivalda ishtirok etishni istaganlar +998901879125 raqamiga qo`ng`iroq qilishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar