Istanbulda ikki kishi Turkiyaning hukmron partiyasi – Adolat va taraqqiyot partiyasi idoralariga qarata o`q uzdi, deb xabar bermoqda Daily Sabah. Nashr ma`lumotlariga ko`ra, qurollangan odamlar qochishga muvaffaq bo`lgan, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.
Partiya spikeri Omer Chelikning aytishicha, hujumchilar mashinalari bilan Baxchelievler tumanidagi partiya binosi yonidan o`tib, havoga besh marta o`q uzgan. Ofisning yuqori qavatida to`rtta o`q teshigi topilgan.
Hozirda voqea joyi polisiya tomonidan o`rab olingan.
Eslatib o`tamizm Turkiyada prezidentlik va parlament saylovlari 14 mayga belgilangan.
24.04.2023 08:52
Istanbulda Erdog`anning partiya idorasi o`qqa tutildi






