Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi hamda Germaniyaning ish beruvchi tashkiloti tomonidan fuqarolar quyidagi sohalarda ishga taklif etildi:
- payvandchi;
- muxandis-mexanik;
- sanoat mexanigi;
- mexatronika muxandisi;
- ombor logistikasi;
- metal texnologiyasi muxandisi.
Nomzodlar uchun imkoniyatlar:
- Oylik maosh 2 420 evrodan boshlanadi;
- O`zbekistondan Germaniyaga aviachipta va transfer xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi;
- arzonlashtirilgan yashash-joy topishga ko`mak;
- haftasiga 40 soat ish.
Nomzodlar uchun malaka va til majburiyatlari:
- 45 yoshgacha bo`lishi;
- Nemis tilidan Gyote yoki ECL dan olingan A2 sertifikat (A1 sertifikatiga ega fuqarolar ham ro`yxatdan o`tishlari mumkin va ular tanlab olinib, viza hujjatlari boshlangunga qadar til bilimini tasdiqlovchi A2 sertifikat taqdim etishlari lozim);
- Sanoat mexanigi, mexatronika texnigi, metal texnologiyasi bo`yicha mutaxassis, maxsus ombor xodimi, qishloq xo`jaligi va texnikasi mexanigi/mexatronika texnika kabi sohalarda kasbiy ta`limni tamomlagan va o`rta maxsus ta`lim olgani haqida diplom;
- Avtomobilsozlik, mashinasozlik, agrar xo`jaligi mashinasozligi texnik yo`nalishida bakalavr diplom.
- Sohada kamida bir yillik tajriba.
Eslatma: Qishloq xo`jaligi yoki qurilish texnikasi sanoati va sanoat logistikasi hamda gidravlika yoki elektron komponentlarni yig`ish, forkliftlarni (stapler) haydash tajribasi tanlov jarayonida afzallikka ega.
Qo`shimcha talablar:
- Moslashuvchan
- Smenada ishlash
- Jamoada ishlash qobiliyati va mas`uliyat
- Texnik qobiliyat
- Sudlanmagan
- Jismonan sog`lom
Nomzodlar quyidagi hujjatlarni yuklagan holda ro`yxatdan o`tishi mumkin:
- Xorijga chiqish pasporti (pdf shaklda);
- Kollej, texnikum yoki bakalavr diplomi (pdf shaklda);
- Nemis tilini bilish haqidagi sertifikat (pdf shaklda);
- Sudlanmaganlik tog`risida tasdiqnoma (pdf shaklda);
- Tarjimai hol (Lebenslauf, pdf shaklda).






