AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelmoqda

'Shavkat Mirziyoev nomiga Ramazon hayiti munosabati bilan qutlovlar kelmoqda'ning rasmi

Butun islom ummati uchun muqaddas bo`lgan Ramazon hayiti munosabati bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev nomiga xorijiy davlatlar etakchilari va hukumat rahbarlari, chet eldagi taniqli jamoat va din arboblari, nufuzli xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlaridan tabriknomalar kelmoqda.

Xorijiy hamkorlar o`z qutlovlarida mamlakatimiz Prezidenti va ko`p millatli xalqiga chuqur hurmati va ezgu tilaklarini izhor etib, ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyorligini bildirmoqda, tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilamoqda.

 

Jumladan, quyidagilar o`z tabriklarini yo`llagan:

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi;

Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqaev;

Qirg`iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov;

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon;

Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov;

Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliev;

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy;

Hindiston Respublikasi Bosh vaziri Narendra Modi;

Birlashgan Arab Respublikasi Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon;

Indoneziya Respublikasi Prezidenti Joko Vidodo;

Singapur Respublikasi Prezidenti Halima Yaqub;

Kuvayt Davlati Amiri Navaf al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad bin Iso Al Xalifa;

Iordaniya Hoshimiylar Podshohligi Podshohi Abdulla II;

Suriya Arab Respublikasi Prezidenti Bashar Asad;

Falastin Davlati Prezidenti Mahmud Abbos;

Saudiya Arabistoni Valiahdi, Vazirlar Mahkamasi Raisi Muhammad ibn Salmon ibn Abdulaziz Ol Saud;

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amirligi hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktum;

Birlashgan Arab Amirliklari Vise-prezidenti, Bosh vaziri o`rinbosari, Prezident ishlari bo`yicha vaziri Shayx Mansur bin Zoid ol Nahayon;

Kuvayt Davlati valiahdi Mishaal al-Ahmad al-Jobir as-Saboh;

Singapur Respublikasi Bosh vaziri Li Syan Lun;

 Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vaziri o`rinbosari, ichki ishlar vaziri Shayx Sayf bin Zoid Ol Nahayon;

Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliev;

Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husrav Noziriy;

Islom hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha.

Qutlovlar kelishda davom etmoqda.

    Boshqa yangiliklar