Amerikaning SpaceX aerokosmik kompaniyasi 1-2 oy ichida o`zining eng yirik Starship raketasini yangi uchirishga tayyor bo`ladi, dedi kompaniya rahbari Ilon Mask.
“Biz 1-2 oy ichida qayta ishga tushirishga tayyor bo`lamiz shekilli”, — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqda.
Payshanba kuni Texasning janubi-sharqidagi Boka Chikadagi SpaceX kompaniyasining Starbase uchirish maydonchasidan fazoga uchgan Starship raketasi portlab ketdi. Reja bo`yicha raketa Er atrofida bitta aylanishi, keyin Tinch okeaniga tushirilishi kerak edi. Sinov uchuvchisiz rejimda amalga oshirilgan edi.






