AsosiyJamiyat

Surxondaryoda 32 yoshli ayol boshqa ayollar tomonidan "samosud" qilindi

'Surxondaryoda 32 yoshli ayol boshqa ayollar tomonidan "samosud" qilindi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryoda bir guruh ayollar tomonidan qarzini bermagani uchun boshqa bir ayol do`pposlanib, sochlari kesilgani va kiyimlari yirtib tashlangani haqidagi xabar tarqaldi.

Viloyat IBB tomonidan olib bor ilgan surishtiruvda aniqlanishicha, holat 2022 yilning noyabr oyi oxirlarida, Denov tumani Bog`ishamol mahallasi hududida sodir bo`lgan. 

Unda sariosiyolik 32 yoshli ayol D.S.  Denov tumanida yashovchilar – 20 yoshli R.G. va X.N. ismli ayollar tomonidan o`rtalarida avvaldan mavjud bo`lgan nizolari ortidan "samosud" qilingan. D.S.ni mahalla hududida urib, unga tan jarohati etkazishgan.

Hozirgi kunda mazkur holat yuzasidan, Denov tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. 

    Boshqa yangiliklar