21 aprel kuni "Uzbekistan Airways" aviaparkiga kelib qo`shilgan "Airbus 330" bugun Toshkent-Istanbul-Toshkent yo`nalishi bo`yicha o`zining ilk parvozini amalga oshirish uchun jo`nab ketdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Havo kemasi bortida 14 biznes-klass va 223 ekonom yo`lovchilari parvoz qilishdi.
Eslatib o`tamiz, Toshkentdan Istanbulga parvozlar har kuni amalga oshiriladi.






