Meksika Tojikistonga prezident samolyotini 92 million dollarga sotdi.
Meksika prezidenti Andres Manuel Lopes Obradorning so`zlariga ko`ra, mablag`lar ikkita kasalxona qurishga yo`naltiriladi.
Bu haqida TASS xabar berdi.
Meksika hukumati bir necha yil avval sotuvga qo`ygan prezident samolyotini Tojikiston hukumatiga 1,66 milliard peso (92 million dollar)ga sotdi. Bu haqda payshanba kuni davlat rahbari Andres Manuel Lopes Obrador ma`lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
Meksika rahbarining so`zlariga ko`ra, bu mablag` ikkita shifoxona qurishga yo`naltiriladi.
2012-yilda prezident Felipe Kalderon davrida buyurtma qilingan samolyot Meksikaga 2016-yilning fevralida, Enrike Penya Neto boshqaruvchi bo`lganida kelgan. Turli hisob-kitoblarga ko`ra, buning uchun 220 million dollardan 400 million dollargacha to`langan.2018-yilning 1-dekabrida mamlakatni boshqargan Lopes Obrador avialaynerdan foydalanmagan va bir necha bor unga yangi xo`jayin topishga va`da bergan






