AsosiyJamiyat

Toshkentda tadbirkor ko`p yillik daraxtni ildizi bilan qo`porib tashladi

'Toshkentda tadbirkor ko`p yillik daraxtni ildizi bilan qo`porib tashladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulug`bek tumanidagi avtomobil yuvish shoxobchasi oldidagi ko`p yillik daraxtlar kesib tashlanganligi to`g`risida xabarlar tarqaldi. Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi matbuot xizmati holat yuzasidan rasmiy ma`lumot berdi.

Qayd etilishicha, Mazkur holat Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari tomonidan borib o`rganilgan.

Tekshiruv natijasida Mirzo Ulug`bek tumanidan kelib tushgan murojaatga asosan, «P.S» MChJ tomonidan  hududdagi daraxtlarni ko`chirib o`tkazishda agrotexnik qoidalarga rioya etmaganligi aniqlangan.

Hozirda O`zbekiston Respublikasi MJTK 79-moddasida belgilangan tartibdagi jazo chorasini qo`llash maqsadida, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar