Toshkent shahrida qurilishda ishlovchi 40 yoshli erkak 3-qavatdan sakradi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma`lum qilinishicha, asli navoiylik bo`lgan erkak poytaxtdagi qurilish firmalaridan birida ishlab kelgan. Ish joyida hamkasblari bilan spirtli ichimlik iste`mol qilgan. Buning oqibatida u 3-qavatdan pastga sakragan.
Shundan so`ng u do`sti hamrohligida shifoxonaga olib kelingan. Bemor avvaliga shifokorlarga ko`chada yiqilib tushganini aytgan. Tibbiy ko`rik va uning natijasidan so`ng esa u uchinchi qavatdan yiqilgani ma`lum bo`lgan.
“Rentgen tekshiruvlaridan o`tkizganimizda o`ng son suyagi yuqori uchligidan yopiq maydalanib sinib, suyak bo`laklari siljishi, chap tovon suyak yopiq sinib, qoniqarli turishi aniqlandi. Buning natijasida biz o`ng son suyagini sklet tortuv tizimiga qo`yib qo`ydik. Chap oyog`iga tizzagacha gips bog`lab qo`ydik. Bemorning shishishlari qaytgach operasiya o`tkazish rejalashtirildi. Hozirda uning havoli o`rta og`irlikda”, — deydi shifokor.






