AsosiyJamiyat

Yuqorichirchiqda 20 yoshli yigit birovning mashinasini o`g`irlab ketib, 2 million so`mga metallolomga topshirib yubordi

'Yuqorichirchiqda 20 yoshli yigit birovning mashinasini o`g`irlab ketib, 2 million so`mga metallolomga topshirib yubordi'ning rasmi

Toshkent viloyatida o`g`irlab ketilgan mashina metallolomdan topildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 2023 yil 30 mart kunidan 31 mart kuniga o`tar kechasi noma`lum shaxs Yuqorichirchiq tumani Bunyodkor ko`chasida yashovchi 27 yoshli T.B.ning boshqaruvida bo`lgan 69 yoshli S.S.ga tegishli bo`lgan “VAZ-2101» rusumli avtomashina T.Bning uyi eshigi oldida eshiklarini ochiq va kalitini o`t oldirish joyida qoldirganligidan foydalanib, ushbu avtomashinani noma`lum tomonga olib qochib ketganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Yuqorichirchiq tuman IIB huzuridagi TB tomonidan noma`lum shaxsga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 267-moddasi 1-qismi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlar natijasida, mazkur jinoyatni 20 yoshli R.M. sodir etganligi, davlat raqam belgilarini echib, Yuqorichirchiq tumani Farovon mahallasida joylashgan xonadoniga olib borib 2.000.000 so`m pul evaziga metallolom sifatida sotib yuborganligi aniqlangan. Mazkur xonadon ko`zdan kechilganida, jabrlanuvchiga tegishli avtomashina qismlarga bo`lingan holatda ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Hozirda gumonlanuvchiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Jinoyat ishi doirasida gumonlanuvchining ko`rsatmalaridan kelib chiqib, mazkur jinoyatga boshqa aloqador bo`lgan shaxslarni aniqlashga qaratilgan chora tadbirlar o`tqazilib, huquqiy baho berilishi ta`minlanadi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar