Xorazm viloyati Urganch tumanida 50 dona bug`u va jayron shoxlarini olib ketayotgan shaxslar ushlandi. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma`lum qilinishicha, viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazgan. Tadbirda tumanda joylashgan buyum bozorining yuk avtomashinalari avtoturargohida fuqaro J.M. boshqaruvidagi ISUZU rusumli avtomashina xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilgan. Fuqarolar R.N., R.E., X.H., G`.A. hamda G`.E.larga tegishli bo`lgan jami 7 ta polietilen qopda 47 dona bug`u va 3 dona jayron shoxlari borligi aniqlandi.
“Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Ma`lumot uchun: bug`u va jayronlar noyob hayvonlar hisoblanib, ularning tana a`zolari Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqining “Qizil ro`yxati”ga kiritilgan.






