AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yangi hafta boshida harorat 35 darajaga ko`tariladi

'O`zbekistonda yangi hafta boshida harorat 35 darajaga ko`tariladi'ning rasmi

“O`zgidromet” 23-25 aprel kunlari O`zbekistonda kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

Qoraqalpog`iston RespublikasiXorazm viloyati. Havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 23 aprelda 23-28 daraja iliq, 24 aprelda 25-30 daraja iliq, 25 aprelda 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Buxoro, Navoiy viloyatlari. Havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 27-32 daraja issiq bo`ladi.

Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlari. Havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 9-14 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo`ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari. Havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 30-35 daraja issiq bo`ladi.

Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlari. Havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 23-28 daraja iliq bo`ladi.

Respublikaning tog` oldi va tog`li hududlari. Havo bir oz bulutli bo`ladi, ba`zi joylarda o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar