AsosiySport

O`zbekiston yoshlar terma jamosining Jahon chempionatidagi raqiblari ma`lum bo`ldi

'O`zbekiston yoshlar terma jamosining Jahon chempionatidagi raqiblari ma`lum bo`ldi'ning rasmi

21 aprel kuni Argentina mezbonlik qiladigan 20 yoshgacha bo`lgan futbolchilar o`rtasidagi Jahon chempionatining guruh bosqichiga qur`a tashlash marosimi bo`lib o`tdi.

Unga ko`ra, Ravshan Haydarov boshchiligidagi O`zbekiston yoshlar terma jamoasi musobaqaning "A" guruhidan o`rin oldi. O`zbekistonlik yigitlar guruhda mezbon mamlakat — Argentina, shuningdek, Yangi Zelandiya va Gvatemala terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Mundialni Argentina va O`zbekiston yoshlari o`rtasidagi bahs ochib beradi. 

"A" guruhining o`yinlari quyidagi sanalarda bo`lib o`tadi:

20 may:

Argentina - O`zbekiston;

Gvatemala - Yangi Zelandiya.

23 may:

Gvatemala - Argentina;

Yangi Zelandiya - O`zbekiston.

26 may:

Yangi Zelandiya - Argentina;

O`zbekiston - Gvatemala.

Ma`lumot uchun, mundial 20 maydan 11 iyunga qadar davom etadi.

    Boshqa yangiliklar