Ijimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi maktablardan birining o`quvchi qizlari bir qizni samosud qilgani aks etgan video tarqaldi.
Holat bo`yicha Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 aprel kuni taxminan soat 12.30 larda voyaga etmagan, 2006 yilda tug`ilgan H.S. va 2007 yilda tug`ilgan D.U.lar Yangihayot tumani 8-hududdagi qurilishi tugallanmagan ob`ekt hududida jamoat tartibini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, voyaga etmagan 2009 yilda tug`ilgan S.X.ni urib, engil tan jarohati etkazgan.
Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi ("Bezorilik") bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov davom etmoqda.






