Buxoro viloyatida Matiz va Damas avtomobillari to`qnashib, oqibatda Damas ag`darilib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Matiz avtomobili O`zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko`maklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotiga tegishli ekani aks etgan.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati IIB axborot xizmati ma`lumot berdi.
Keltirilishicha, shu yilning 20 aprel kuni taxminan soat 11:00 larda Buxoro viloyatining Shofirkon tumani “Shofirkonshoh" ko`chasi va “Navoiyshoh” ko`chalari kesishmasidagi chorrahadan harakatlanib o`tayotgan Matiz va Damas rusumli avtomashinalar to`qnashib, yo`l transport hodisasi sodir bo`lgan.
Mazkur to`qnashuv natijasida hech kim tan jarohati olmagan, faqatgina transport vositalariga moddiy shikast etgan.
Hozirgi vaqtda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.






