21 aprel kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Qozog`iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboev o`rtasida telefon orqali muloqot bo`lib o`tdi.
Suhbat avvalida davlatimiz rahbari va Qozog`istonning birinchi Prezidenti bir-birini muborak Ramazon hayiti bilan samimiy tabriklab, qardosh xalqlarimizga farovonlik, tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladilar.
O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi do`stlik, yaxshi qo`shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.






