AsosiyJamiyat

Koreyaga ketish imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi

'Koreyaga ketish imtihoniga noqonuniy kirmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi'ning rasmi

EPS-Topik test imtihonida noqonuniy kirmoqchi bo`lgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda.

Koreya Respublikasida ishlash istagidagi fuqarolar uchun Toshkent shahrida bo`lib o`tayotgan EPS-Topik testida imtihon tartiblariga rioya qilmaslikning oqibatlari haqida ogohlantirilganiga qaramay, ro`yxatdan o`tgan fuqaro R.R o`rniga boshqa fuqaro kirishga uringan vaqtida Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

Ushbu holat bayonlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etildi.

“Test imtihoni qoidalarini buzgan fuqaro 2 yil davomida ushbu imtihonda qatnashish imkoniyatidan mahrum bo`lishi hamda qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortilishi mumkinligi haqida yana bir bor ogohlantiramiz”, - deyiladi xabarda.


 

 

    Boshqa yangiliklar