AsosiyJamiyat

Toshkentda erkak maktabdan qaytayotgan 17 yoshli qizga shilqimlik qildi (video)

'Toshkentda erkak maktabdan qaytayotgan 17 yoshli qizga shilqimlik qildi (video)'ning rasmi

19 aprel kuni soat 12:50 da poytaxtning Mirobod tumanida erkak maktabdan qaytayotgan 17 yoshli qizga shilqimlik qilgan video tarqaldi.

Toshkent shahar IIBB tomonidan tezkor-qidiruv tadbiri o`tkazilib, jinoyat sodir etgan shaxsning shaxsi aniqlandi

Ma`lum bo`lishicha, qizning oldiga yugurib kelib, uni quchoqlab, yuzidan o`pgan erkak Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanida tug`ilgan 26 yoshli yigit bo`lgan. Hozirda erkak hibsga olingan.

Mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar