Futbol bo`yicha Rossiya va Kosta-Rika milliy terma jamoalari o`rtasidagi o`rtoqlik uchrashuvini o`zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov boshqaradi. Bu haqda “Sport-Ekspress” xabar bermoqda.
Jahonning eng yaxshi hakamlaridan hisoblangan Ravshan Ermatovga yon chiziqlarda Abduhamidullo Rasulov va Jahongir Saidov yordam beradi.
Xabarda qayd etilishicha, mazkur o`rtoqlik uchrashuvi 9 oktyabr kuni "Krasnodar" stadionida o`tkaziladi.





