AsosiyDunyo

Turkiyada yana bir kuchli zilzila yuz berishi mumkin

'Turkiyada yana bir kuchli zilzila yuz berishi mumkin'ning rasmi

Turkiyalik seysmolog Dogan Perinchek Turkiyaning Chanoqqal`a shahrida sodir bo`lishi mumkin bo`lgan yangi zilzila haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Seysmolog Dardanel bo`g`ozi sohilidagi port shahrida so`nggi 10 kun ichida seysmik faollik kuchayganini qayd etdi. U 10 yildan ortiq vaqt davomida maxsus xaritalar yordamida mamlakatdagi seysmik faollikni kuzatish va tahlil qilish bilan shug`ullanganini ta`kidladi.

“Uch yildan beri Chanoqqal`ada zilzila bo`lishini prognoz qilib kelaman. Ushbu hududda har 250 yilda bir marta 7 balli zilzila yuz berishi xavfi bor. Bu oxirgi marta 287 yil oldin sodir bo`lgan. Endi uning vaqti keldi, u erda har qanday vaqtda er silkinishlari boshlanishi mumkin”, — dedi seysmolog.

    Boshqa yangiliklar