Muddati o`tgan debitor qarzdorlik uchun qo`llanilgan 1,7 trln so`mlik jarimalarni undirish to`xtatildi. Bu haqda Soliq qo`mitasi xabar bermoqda.
Havo haroratining keskin sovib ketishi oqibatida qiyinchiliklarga duch kelgan tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash va faoliyatini jadal qayta tiklash maqsadida O`zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 3 fevralda PQ-43-sonli qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2023 yil 1 aprelga qadar tashqi savdo operasiyalari bo`yicha muddati o`tgan debitor qarzdorlik uchun xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga jarimalar qo`llanilishi, shuningdek, mazkur qaror kuchga kirguniga qadar qo`llanilgan jarimalar undirilishi to`xtatildi.
Buning natijasida tashqi savdo operasiyalari bo`yicha muddati o`tgan debitor qarzdorlik uchun xo`jalik yurituvchi subektlarga qo`llanilgan 1,7 trln so`m miqdoridagi jarimalarni undirish hamda 667,5 mlrd so`mlik jarimalarni qo`llash bo`yicha ko`rilayotgan choralar to`xtatildi.






