Qozog`iston parlamenti O`zbekiston bilan mahkumlarni topshirish bo`yicha kelishuvni ratifikasiya qildi. Bu haqda "Sputnik Kazaxstan" xabar bermoqda.
Agar mahkumning o`zi xohlasa, unga qamoq jazosini o`z vatanida o`tashga ruxsat beriladi.
Bugungi kunda Qozog`istonda 486 nafar O`zbekiston fuqarosi jazo muddatini o`tamoqda. O`zbekiston qamoqxonalarida 20 nafar qozog`istonlik bor.
"Ko`p hollarda boshqa davlatda jazo o`tayotganlar tilni, mahalliy urf-odatlarni bilmaydi. Qarindoshlari va do`stlaridan uzoqda bo`lgani uchun bunday odamning jamiyatga moslashishi qiyin. Oila bilan muloqot qilish, yaqinlari bilan uchrashish insonga yordam beradi, shubhasiz, mahkumga ijobiy ta`sir ko`rsatadi", - dedi Qozog`iston Respublikasi Bosh prokurori o`rinbosari Aset Chindaliev.
Qozog`iston O`zbekiston bilan mahkumlarni topshirish bo`yicha kelishuvni ratifikasiya qildi






