Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tuman bo`limi tomonidan tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda tadbirkorning tibbiy buyumlar sotuvidan tushgan mablag`larni o`zlashtirgan sotuvchi aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departament xabar berdi.
Tezkor tadbirda “D.T.” MChJning savdo do`koni sotuvchisi S.X. tadbirkorning umumiy bahosi 73,2 mln so`mlik tibbiy buyum va anjomlari sotuvidan tushgan mablag`larini o`zlashtirish yo`li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






