AsosiyDunyo

Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 7,1 ming kishidan oshdi

'Turkiyadagi zilzila qurbonlari soni 7,1 ming kishidan oshdi'ning rasmi

Episentri Turkiyaning Qahramanmaras shahrida sodir bo`lgan ikki vayronkor zilzila qurbonlari soni 7108 nafarga etdi, 40910 kishi jarohat oldi. Turkiya hukumati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan 8 fevral kuni soat 10.35 holatiga ko`ra ma`lumotlar tarqatildi.

Boshqarma sa`lumotlariga ko`ra, silkinishlar Turkiyaning Qahramanmarash, Gaziantep, Shanliurfa, Diyarbakir, Adana, Adiyaman, Usmoniya, Hatay, Kilis, Malatya va Elazig viloyatlarida qurbonlar va vayronalarga sabab bo`lgan.

5775 ta turar-joy binosi vayron bo`lgan. Tabiiy ofat zonasi aholisi uchun 50 818 ta chodir o`rnatilgan.

Qidiruv-qutqaruv ishlariga 79 110 kishi jalb etilgan.

Yuklarni etkazib berish va qutqaruvchilar, shuningdek, jabrlanganlarni tashish uchun 104 ta aviasiya texnikasi jalb etilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo`g`an vayronkor zilzilalardan jabr ko`rgan hududlarga bordi.

6 fevral, dushanba kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04.17 da – 7,7 ball va 13.24 da – 7,6 ball) magnitudasi etti balldan ortiq bo`lgan ikkita zilzila sodir bo`ldi.

Prezident Erdog`an tabiiy ofat qurbonlari uchun mamlakatda etti kunlik milliy motam e`lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo`ylab yarimga hilpiratildi.

Vayronkor zilzila qo`shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gresiya Kipr va Iroqda ham sezildi.

 

 

    Boshqa yangiliklar