AsosiyJamiyat

Ertaga O`zbekistonda harorat -10 darajagacha pasayadi

'Ertaga O`zbekistonda harorat -10 darajagacha pasayadi'ning rasmi

“O`zgidromet” 9 fevral kuni uchun ob-havo ma`lumotini e`lon qildi. Unga ko`ra:

TOShKENT ShAHRI

Havo bulutli bo`ladi, vaqti-vaqti bilan yomg`ir yog`adi, kunning ikkinchi yarmida qorga aylanishi, tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 15-17 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 5-7° iliq bo`ladi, kechga tomon 0-2° iliqgacha pasayadi.

QORAQALPOG`ISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2-7° sovuq bo`ladi.

BUXORO, NAVOIY VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo`ladi.

TOShKENT, SAMARQAND, JIZZAX, SIRDARYo VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

QAShQADARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, yomg`ir yog`adi, ba`zi joylarda qorga aylanadi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 4-9° iliq bo`ladi.

SURXONDARYo VILOYaTI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo`ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG`ONA VILOYaTLARI

Havo o`zgarib turadi, ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo`ladi.

RESPUBLIKANING TOG` OLDI VA TOG`LI HUDUDLARIDA

Havo o`zgarib turadi, vaqti-vaqti bilan yog`ingarchilik (yomg`ir, qor), ba`zi joylarda kuchli bo`ladi. Qor ko`chishi xavfi bor. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol g`arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar