Bugun Prezident Shavkat Mirziyoev Toshkent shahri erusti metrosini qurish loyihasining ikkinchi bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishadi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, davlat rahbari transformatorlar ishlab chiqarish korxonasiga tashrif buyuradi. Mas`ullar va jamoatchilik vakillari ishtirokida dolzarb masalalarni muhokama qilish ham rejalashtirilgan.






