AsosiyDunyo

AQSh Rossiya harakatlariga qarshi butun NATOni birlashtirdi — Bayden

'AQSh Rossiya harakatlariga qarshi butun NATOni birlashtirdi — Bayden'ning rasmi

Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari Vashington va butun dunyo uchun "asrlarga teng" sinov bo`ldi. Bu haqda AQSh prezidenti Jozef Bayden Kongressdagi chiqishida ma`lum qildi, deya yozmoqda "zamon.uz"

Amerika etakchisi shu munosabat bilan Vashington "eng asosiy prinsiplarni himoya qilishi"ni ta`kidlagan. Uning so`zlariga ko`ra, AQShdagi siyosiy kuchlar Rossiya agressiyasiga qarshi yagona pozisiyasini saqlab qolmoqda.

Bayden nutqi davomida yig`ilishda ishtirok etayotgan Ukraina elchisi Oksana Makarovaga murojaat qildi.

"U nafaqat o`z davlatining, balki uning matonatli xalqining ham vakili hisoblanadi. Amerika sizni qo`llab-quvvatlash uchun birlashgan", — degan prezident.

Shuningdek, siyosatchi qancha zarur bo`lsa, shuncha payt Kievni qo`llab-quvvatlashini aytgan.

Bayden Rossiya harakatlariga qarshi NATO davlatlari birlasha olganini qayd etgan.

    Boshqa yangiliklar