Turkiyaning janubi-sharqiy viloyatlarida ro`y bergan kuchli zilzila oqibatida talafot ko`rgan hududlarga O`zbekistondan insonparvarlik yordami yuboriladi.
O`zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda “Yoshlar — kelajagimiz” jamg`armasi tomonidan turk xalqiga O`zbekistondagi ikki davlat ishbilarmonlari UTID, TOBB ETÜ TASHKENT, DEIK, MUSAID nomidan insonparvarlik yordami yuborilishi tashkil qilinmoqda.
Turkiyaga yuboriladigan insonparvarlik yordami uchun zarur mahsulotlar ro`yxatiga bolalar va kattalar uchun qishki kiyimlar, chodir, yotoq, isitish vositalari, generatorlar, chidamli oziq-ovqat konservalari, chaqaloqlar bo`tqasi va tagliklari, tozalash va gigiena vositalari kiritilgan.
Gumanitar yordam berish istagida bo`lganlar Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko`chasi 30-uy Toshkent to`qimachilik va engil sanoat instituti texnoparki manziliga tashrif buyurishlari mumkin (joylashuv).
Yuboriladigan zarur mahsulotlar 8 fevraldan boshlab har kuni soat 10:00 dan 20:00 ga qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma`lumot uchun telefon: (+99878) 150 60 06. Qisqa raqam: 1094






