Energetika vazirligi ishchi guruhi tomonidan o`tkazilgan 614 ta holatda ulgurji iste`molchilar tomonidan 85 mln kub metr (85 mlrd so`m) hajmdagi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Gazdan noqonuniy foydalanish holatlari asosan Buxoro viloyatida 37,9 mln kub metrni (37,8 mlrd so`m), Qashqadaryoda 25,1 mln kub metrni (25 mlrd so`m), Toshkent viloyatida 13,2 mln kub metrni (13,2 mlrd so`m), Navoiyda 3,5 mln kub metrni (3,6 mlrda so`m), Farg`onada 1,3 mln kub metrni (1,2 mlrd so`m) tashkil etgan.
Noqonuniy foydalanish holatlari iste`molchilar toifasi bo`yicha — AGTKShlarda 20 ta holatda (76,8 mlrd so`m), issiqxonalarda 30 ta (1,2 mlrd so`m), ishlab chiqarish korxonalarida 39 ta (1,9 mlrd so`m), umumiy ovqatlanish shoxobchalarida 164 ta (0,7 mlrd so`m) qayd etilgan.
Hozirda aniqlangan holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlariga yuborilgan.






