AsosiyJamiyat

​​"Malaysia Airlines" aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda

'​​"Malaysia Airlines" aviakompaniyasi Kuala-Lumpurdan Toshkentga parvozlarni tiklamoqda'ning rasmi

Malayziyaning "Malaysia airlines" aviakompaniyasi Kuala-Lumpur — Toshkent — ​​Kuala-Lumpur yo`nalishi bo`yicha parvozlarni tiklamoqda. Birinchi charter reysi 2023 yil 1 martga belgilangan. Reyslar har o`n kunda bir marta Airbus A330 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Malayziya aviatashuvchisi ilk parvozini O`zbekistonning “Osmon Aero” sayyohlik operatori bilan kelishuv doirasida 2022 yil 9 iyul kuni amalga oshirgan edi.

Malaysia Airlines — shtab-kvartirasi Selangor shtatida joylashgan Malayziyaning milliy davlat aviakompaniyasi.

    Boshqa yangiliklar