Samarqand shahrida fohishaxona tashkil qilganlar qilmishini berkitish evaziga IIB xodimiga pora taklif qilishga urindi.
Viloyat IIB xabariga ko`ra, shaharning "Rudakiy" ko`chasida yashovchi ona-bola fuqarolar joriy yilning 3 fevral kuni qo`shmachilik qilish, fohishaxona tashkil etish maqsadida yashash xonadonida tadbirga jalb etilgan yigit va qizga sharoit yaratib beradi.
Ular yigit va qizdan 500 ming so`m pul olayotganda IIO tomonidan ushlandi. Shuningdek, pullar daliliy ashyo tariqasida hujjatlashtirib olindi.
To`plangan hujjatlar yuzasidan tergov harakatlarini o`tkazayotgan Samarqand shahri bo`yicha IIO faoliyatini muvofiqlashtirsh boshqarmasi 2-sonli IIB Jinoyat qidiruv bo`linmasi tezkor vakili oldiga o`g`il borib onasini o`yindan chiqarib yuborish evaziga 2 000 dollarni pora tariqasida taklif qiladi.
2023 yil 4 fevral kuni Samarqand shahar prokuraturasi tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro xodimga xizmat xonasida 1 900 dollarni bergan vaqtida qo`lga olingan.






