AsosiyJamiyat

Farg`onada jurnalist va Telegram-kanallar ma`murlari 15 sutkaga qamaldi

'Farg`onada jurnalist va Telegram-kanallar ma`murlari 15 sutkaga qamaldi'ning rasmi

Farg`ona viloyati IIB Oltiariq tumanida jurnalistga bosim o`tkazilgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, 27 yanvar kuni Dalil.uz saytining Farg`ona viloyati muxbiri D.R. tomonidan tuman markazidagi dehqon bozorida jurnalistik surishtiruv olib borish jarayonida, shu erda savdo bilan shug`ullanuvchi fuqarolar tomonidan muxbirning harakatlaridan norozilik paydo bo`lib, o`zaro janjal kelib chiqqan.

Mazkur holat tuman IIB tomonidan tegishli tartibda ro`yxatga olinib, tergovga qadar tekshiruv yakuniga ko`ra, IIO xodimining qonuniy talablariga bo`ysunmasdan, jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan Dalil.uz elektron axborot sayti muxbiri D.R., fuqarolar S.X va I.I.ga nisbatan Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik), 194-moddalari (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) tartibida ma`muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Shuningdek, shaxsning qadr-qimmati kamsitilishiga yoki uning obro`sizlantirilishiga olib keladigan yolg`on axborotni internetda tarqatgan fuqaro T.G`., fuqarolar M.H (videomurojaatdagi ayol) hamda I.G`.ga hujjatlar rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo`yicha Oltiariq tuman sudiga yuborilgan.

Sud Dalil.uz elektron axborot sayti muxbiri D.R., fuqarolar, S.X., M.H., I.G` va I.I.ga nisbatan 15 sutka ma`muriy qamoq, fuqaro T.G`.ga nisbatan BXMning 10 barobari miqdorida jarima jazolarini tayinlagan.

«Shu o`rinda, Farg`ona viloyat IIB jurnalist va blogerlar uchun hamisha holislik va ochiqlikka tayyor ekanligini ma`lum qilib, o`z faoliyatlarini qonunchilikka rioya qilgan holda olib borishlarini so`raymiz», — deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar