AsosiyDunyo

“Omikron”ning XBB.1.5 subvarianti yangi belgilar bilan namoyon bo`lmoqda - JSST

'“Omikron”ning XBB.1.5 subvarianti yangi belgilar bilan namoyon bo`lmoqda - JSST'ning rasmi

Keyingi oylarda qator davlatlarda “omikron” shtammining XBB.1.5 subvarianti keng tarqalmoqda. U hozirgacha bizga ma`lum mutasiyalar orasida eng yuquvchani sifatida baholanyapti

Shu sababli Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti ekspertlari xastalik hademay Er yuzi bo`yicha dominant versiyaga aylanib, bemorlar soni keskin oshishi mumkinligidan tashvishda. 

JSST mutaxassislari xulosasiga ko`ra, “kraken” deb nomlangan  XBB.1.5 subvariantining o`tgan yildagiga nisbatan tabiati birmuncha o`zgargan.

Hozircha uni yuqtirganlar orasida og`ir asoratlar kuzatilmayotgan bo`lsa-da, ammo bu mutasiyaga xos yangi alomatlar paydo bo`layotgani biroz xavotirli hol. 

Masalan, ko`ngil aynishi va bel og`rig`i shular sirasidan. Bu belgilar bosh og`rig`i, diareya, isitma, titroq, charchoq, shuningdek, ta`m va hid bilish qobiliyati yo`qolishi kabi simptomlar bilan birga kechmoqda.

Shu bois JSST vakillari aholi vakillariga buster dozada emlanishni tavsiya qilmoqda.

    Boshqa yangiliklar