AsosiyJamiyat

Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasining 2023 yilga mo`ljallangan Davlat dasturi xalq muhokamasi uchun e`lon qilindi

'Yangi O`zbekiston taraqqiyot strategiyasining 2023 yilga mo`ljallangan Davlat dasturi xalq muhokamasi uchun e`lon qilindi'ning rasmi

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan 2022–2026 yillarga mo`ljallangan Yangi O`zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to`g`risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi uchun e`lon qilindi.

Unga ko`ra:

  • inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish;
  • mamlakatimizda adolat va qonun ustuvorligi tamoyillarini taraqqiyotning eng asosiy va zarur shartiga aylantirish;
  • milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o`sish sur`atlarini ta`minlash;
  • adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, ma`naviy taraqqiyotni ta`minlash va sohani yangi bosqichga olib chiqish;
  • milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda umumbashariy muammolarga yondashish;
  • hamda mamlakatimiz xavfsizligi va mudofaa salohiyatini kuchaytirish, ochiq, pragmatik va faol tashqi siyosat olib borishga qaratilgan 7 ta ustuvor yo`nalishdan iborat.

Ma`lum qilinishichcha, aholi 2023 yilgi Davlat dasturi loyihasi muhokamasida faol ishtirok etib, o`z takliflarini Markazning maxsus 2023.strategy.uz hamda davlatdasturi.uz yoki Hukumatning regulation.gov.uz portallari hamda ijtimoiy tarmoqlardagi @dscuzbekistan va @YangiTaraqqiyotStrategiyasi telegram kanallari orqali bildirishlari mumkin.

    Boshqa yangiliklar