Numbeo taxliliy xizmati jinoyat darajasi bo`yicha davlatlarning 2023 yilgi reytingini tuzdi.
O`zbekiston 33.52 ball bilan 142 mamlakat ichida 104-o`rinni egalladi.
Reytingda yuqori o`rinni egallagan davlatlarda jinoyatchilik yuqori, quyi o`rinlarda esa past, ammo xavfsizlik yuqori bo`ladi. O`zbekistonning reytingidagi jinoyatchilik indeksi 33,5 foizni, xavfsizlik indeksi esa 66,5 foizni tashkil qilgan. Indeks so`rovlar asosida mamlakatdagi umumiy jinoyatchilik darajasini baholaydi.
Qatar dunyodagi eng xavfsiz davlat deb topilgan. Jumladan, u reytingda 142-o`rinni qayd etgan. Mamlakatda jinoyatchilik indeksi 14,15 ballni, xavfsizlik esa 85,85 ballni tashkil qilgan. MDH davlatlari orasida Qozog`iston (48-o`rin), Belarus (34-o`rin) va Qirg`izistonda (38-o`rin) yuqori jinoyat qayd etilgan bo`lsa, Moldova (63-o`rin), Rossiya (94-O`rin) va O`zbekiston xavfsizroq sanaladi.
"Eng jinoyatchi" davlatlar Venesuela (1-o`rin), Papua-Yangi Gvineya (2-o`rin) va Afg`oniston (3-o`rin) hisoblangan. Qatar yana eng xavfsiz davlat deb topilgan. Reytingda Germaniya 100-o`rinni, Turkiya esa 93-o`rinni qayd etgan.






