AsosiyDunyo

"370 nafar favqulodda qutqaruv kuchlari". Turkiyaga birinchi yordam Ozarbayjondan keldi

'"370 nafar favqulodda qutqaruv kuchlari". Turkiyaga birinchi yordam Ozarbayjondan keldi'ning rasmi

Bugun ertalab Turkiyada sodir bo`lgan kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etish va qidiruv-qutqaruv ishlarini qo`llab-quvvatlash maqsadida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliev Turkiyagaga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 370 nafar favqulodda qutqaruv kuchlarini yuborishga tayyorgarlik ishlarini boshlash bo`yicha topshiriq berdi. Bu haqda Ozarbayjon hukumati FVV xabar qildi

Dushanba kuni ertalab Ilhom Aliev turkiyalik hamkasbi Rajab Toyyib Erdo`g`onga o`lim bilan yakunlangan zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Ma`lumot uchun: Turkiyaning markaziy va janubi-sharqiy qismlarida 7,4 magnitudali silkinishlar qayd etildi. Zilzila janubi-sharqdagi Qahramanmarash viloyatining Pazardjik tumanida 7 km chuqurlikda sodir bo`lgan. Er silkinishlari turli hududlarda – Adana, Anqara, Antaliya, Gaziantep, Kayseri, Mersin, Trabzon, Shanliurfada yarim soat davomida sezildi. Joriy soatga ko`ra, zilzila oqibatida 76 dan ortiq kishi halok bo`lgan, 440 kishi jarohatlangan.

    Boshqa yangiliklar