Yuksak moda uyiga asos solgan, fransuz modeleri Pako Raban 88 yoshida Bretonning Portsal shahridagi uyida vafot etdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, Pako Rabanning oilasi fuqarolar urushi paytida Ispaniyadan Fransiyaga qochib ketgan. Parijga joylashib, yosh modeler 60-yillarda yuqori moda olamida haqiqiy inqilobni amalga oshiradi. O`z modellari uchun plastmassa va metall plitalardan foydalangan holda turli xil tajriba o`tkazdi. Buning uchun u Koko Shanel tomonidan “moda metallurgi” epiteti bilan taqdirlangan.
Shuningdek, u o`zining moda namoyishlari uchun musiqiy hamrohlikdan birinchi bo`lib foydalangan va birinchilardan bo`lib qora tanli modellarni podiumga olib chiqqan.
1999 yilda Raban o`zining so`nggi to`plamini chiqardi, shundan so`ng u yuqori moda olamini tark etdi, lekin tayyor kiyim sohasida ishlashni davom ettirdi. U vaqtini san`atning boshqa turlarini o`rganishga, rasm chizishga va kitob yozishga bag`ishladi.
Rabanning mukofotlari qatoriga mavsumning eng original kolleksiyasini yaratgan modelerga beriladigan nufuzli “Oltin angishvona” (Gold Thimble) mukofoti hamda “innovasiyalari va XX asr madaniyatining barcha sohalariga qo`shgan hissasi” uchun liboslar dizayni bo`yicha Ispaniya milliy mukofoti bilan taqdirlangan. Tanlovning hakamlar hay`ati Rabanni “eng serqirra ispan modeleri” deb atadi.






